Holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan munosabat bildirildi.

«Internet tarmogʻida Qoʻshrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning ayrim xodimlarni haqorat qilgani yuzasidan audio yozuv eʼlon qilindi. Mazkur holatga viloyat hokimligining tegishli masʼullari tomonidan aniqlik kiritildi.

Samarqand viloyati hokimining tegishli farmoyishi bilan Qoʻshrabot tumani hokimi Shakarboyev Dilshod Davronovichga nisbatan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi», deyiladi hokimlik xabarida.