Kecha biz Samarqanddagi 71-maktabda boʻldik, ushbu ziyo maskani yorqin natijalarni namoyon etmoqda: bitiruvchilar orasida medal olayotgan va xalqaro taʼlim muassasalariga oʻqishga kirayotgan yoshlar koʻp. Oʻtgan yili esa mazkur dargohning barcha bitiruvchilari oliy oʻquv yurtlari imtihonidan oʻtib, talabalikka qabul qilindi. Ushbu maktabni va Samarqanddagi boshqa maktablarni aʼlo baholar bilan bitirgan oʻquvchilarga oltin medallarni topshirish menga katta mamnuniyat bagʻishladi, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Eʼtiborli tomoni, Prezident topshirigʻiga binoan, Qoʻshrabot tumanidagi oʻquvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi. Ushbu ajoyib sovgʻa tumandagi 20 ta olis maktabda tahsil olayotgan 750 nafardan ziyod oʻquvchiga xavfsiz va qulay tarzda oʻz sinfxonalariga yetib borish imkonini beradi.
Biz har bir bola, qayerda yashashidan qatʼiy nazar, sifatli, zamonaviy va munosib taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishini juda istaymiz hamda bunga erishish uchun barcha saʼy-harakatlarimizni yoʻnaltiramiz, — deb yozadi Prezident yordamchisi oʻzining telegram kanalida.