Qovundan qo'rqasizmi?

    Qovun tarkibida C vitamini koʻproq. Yuz gramm qovun tarkibida taxminan 36 milligramm C vitamini, tarvuzda esa taxminan 8 milligramm bor.

    Yozning saratonida ishtahamiz susayib, yogʻli taomlar isteʼmol qilishni u qadar istamaymiz. Isteʼmol qilsak ham taomdan soʻng koʻproq tarvuz yeyishni xohlaymiz. Shu maʼnoda qovunga nisbatan koʻproq tarvuz sotib olamiz. Mutaxassislarning fikriga tayanib “Aniq. uz”ning yozishicha, yuz gramm qovunda 35 kilokaloriya bor, shu miqdordagi tarvuzda esa kaloriya miqdori 25 kilokaloriyani tashkil qiladi. Shuningdek, qovun toʻyimliroq: uning tarkibida kletchatka koʻproq boʻladi, u ichakning barqaror ishlashida muhim oʻrin tutadi. Kletchatka organizmni tozalaydi va xolesterinni stabillashtiradi. Mutaxassisning fikriga koʻra, yuz gramm qovunda 0,9 gramm, tarvuzda esa taxminan 0,4 gramm kletchatka boʻladi.

    Bundan tashqari, qovun tarkibida C vitamini koʻproq. Yuz gramm qovun tarkibida taxminan 36 milligramm C vitamini, tarvuzda esa taxminan 8 milligramm bor. Demak, kattalar uchun 70-100 milligram boʻlgan askorbin kislotaga boʻlgan kunlik ehtiyojni qoplash uchun atigi 200 gramm qovun isteʼmol qilish kerak.

    “Tarvuzda unga qizil rang beruvchi likopin mavjud. Ushbu antioksidant ateroskleroz va yurak xastaligi xavfini kamaytiradi. Likopin depressiya, xavotir va hatto boʻgʻimlardagi ogʻriqni kamaytirishiga oid tadqiqotlar mavjud”, degan shifokor.

    Xulosa qilish mumkinki, har bir mevaning oʻziga xos xususiyati, inson organizmi uchun kerakli vitaminlari bor. Qaysi birini tanlash esa oʻzingizga bogʻliq.