“Qoʻyliq” bozori qayerga koʻchirilishi aniq boʻldi

    Urbanizatsiya 9 Dekabr 2021 3993

    Toshkentning “Qoʻyliq” bozori oʻz joyidan 8 km uzoqlikdagi Toshkent viloyatining Mexnatobod koʻchasiga koʻchiriladi.

    Ayni paytda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ulgurji va chakana sotish uchun savdo bozorlari barpo etilgan, deb xabar bermoqda «Podrobno».

    Yangi joyda 2500 doʻkon va savdo rastalari mavjud. Bu mamlakatdagi eng yirik oziq-ovqat bozori boʻladi.

    Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida nafaqat Toshkentdan, balki boshqa viloyatlardan ham avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan yirik transport uzellari barpo etiladi.