Unga koʻra, hozirda bozor yanada tartibli holga keltirilgan — tadbirkorlar uchun joylar yaratildi va hududdagi ishlar faol davom etmoqda. Barcha ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda, shu bilan birga, savdo faoliyati toʻxtatilmagan, — deyiladi hokimlik xabarida.
Toshkent shahar hokimligining bildirishicha, bozor yopilmayapti, balki uning faoliyati optimallashtirilmoqda — tartib oʻrnatish, sanitariya sharoitlarini yaxshilash, infratuzilmani yangilash va umumiy xavfsizlik darajasini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, kelgusida joriy etiladigan raqamlashtirilgan tizim soliq toʻlovlarining shaffofligini taʼminlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida, yashirin iqtisodiyotning bozordagi taʼsirini kamaytirishga yordam beradi.
Afsuski, oʻzgarishlar boshlanishidan oldin bozor hududida koʻplab muammolar toʻplanib qolgan edi, bu haqda fuqarolarning murojaatlari ham guvohlik beradi. Ular orasida — jinoyatchilik xavfi, eskirgan kommunikatsiyalar sababli yuzaga kelgan mayda yongʻinlar, sanitariya meʼyorlarining buzilishi, shuningdek, qulaylik va odamlar salomatligiga xavf soluvchi tartibsiz savdo holatlari mavjud edi, — deyiladi xabarda.
Hokimlik bunday holatlar eʼtiborsiz qoldirilishi mumkin emas. Shu sababli, tizimli qaror qabul qilinib, bozor xalqaro va zamonaviy shahar standartlariga mos holga keltirilayotganini bildirdi.








