Qayd etilishicha, “Toshkent qishloq xoʻjalik mahsulotlari ulgurji bozori” rasmiy saytida aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 29-fevraldagi qaroriga koʻra, “Qoʻyliq” dehqon bozori ixtiyoriy tugatilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish joiz, joriy yilning 5-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi shaharda oziq-ovqat, dehqon va buyum bozorlaridagi sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish, bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning sanitariya-gigiyena hamda yongʻin xavfsizligi talablariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida bozorlarda qurilish va rekonstruksiya ishlari boshlanganini, bozorda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar “Food City”, “Tashkent Index” va boshqa savdo majmualariga koʻchirilishini bildirgan edi.