Qoʻyliqda yuk mashina piyodani bosib ketdi

    Xavfsizlik 20 Oktabr 2020 1016

    Ijtimoiy tarmoqlarda “Bugun Qoʻyliq hududida odam yuk mashinasi ostiga kirib ketib taxminan 100-200 metr sudralib kelib tushib qolgani aytilayotgan video tarqaldi” sarlavhasi ostida video tarqalgan.

    20-oktyabr soat 10:00 larda Toshkent shahar Sergeli tumani Yangi Qoʻyliq koʻchasi “Davr bank” binosi qarshisida “MAN” rusumli yuk mashinasi piyodani bosib ketgan.

    Maʼlum boʻlishicha, “MAN” rusumli yuk transport vositasi haydovchisi avtomashinani boshqarib kelib, svetoforning taqiqlovchi qizil chirogʻida toʻxtab, yashil chiroq yonishi bilan yana harakatini davom ettirishni boshlagan.

    Lekin shu payti qatnov qismining belgilanmagan joyidan, yuk avtomashinasining old oʻng tomonidan bir piyoda kesib oʻta boshlagan. Koʻrmay qolgan haydovchi avtomashinada uni bosib ketgan.

    Natijada 59 yoshli piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

    Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.