Qozogʻicton aviakompaniyasi Toshkent va Namanganga aviaqatnov ochmoqchi

    Transport 6 May 2021 688

    Qozogʻistonning “FlyArystan” kompaniyasi Toshkent hamda Namangan shaharlariga muntazam aviaqatnovlar ochishni rejalashtirmoqda.

    4-may kuni Namangan xalqaro aeroportida boʻlib oʻtgan uchrashuvda aviakompaniya hamda aeroport maʼmuriyati, turizm boshqarmasi va turoperatorlar oʻzaro qatnov salohiyatini muhokama qildi.

    Qozogʻistonlik mutaxassisning soʻzlariga koʻra, Namangan haqida qozogʻistonlik yoshlar koʻp maʼlumotga ega emas. Shu sababdan Namangan haqida koʻproq marketing ishlarini olib borish kerak.

    «Buxoro, Samarqandni hamma biladi. Hamma u yerga borishni xohlaydi. Namangan haqida kam odam biladi. Bunda marketing bilan yaxshigina ishlash kerak. Namangan haqida Qozogʻistonda, Almati va Turkistonda koʻproq gapirish kerak», — deydi “FlyArystan” aviakompaniyasi savdo direktori Janar Jaylauova.