Qozog‘iston bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

    Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari va tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan telefon orqali samarali muloqot oʻtkazdi.

    Suhbat davomida strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish, butun Markaziy Osiyo mintaqasi ravnaqini yuksaltirish hamda global masalalarni hal etishda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar birodarlik rishtalari tobora mustahkamlanib borayotganligini alohida taʼkidladi.

    Shuningdek, ushbu mustahkam asosga ega boʻlgan aloqalar 2025-yilda ham mamlakatlar uchun yanada ulkan yutuqlar olib kelishiga ishonch bildirildi.