Delegatsiyaga QR Savdo va integratsiya vazirining oʻrinbosari Kayrat Torebayev boshchilik qildi.

Mehmonlarni samimiy qarshi olgan Sharof Rahmonov mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik rivojlanishining yuksak surʼatlarini taʼkidlab, qoʻshnichilik aynan shunday boʻlishi kerakligini aytdi.

Taraflar birinchi zarurat mahsulotlariga narx-navolar monitoringi masalasini muhokama qilib, Toshkentga Qozogʻiston goʻshtini yetkazish taklifini koʻrib chiqdilar.

Har ikki taraf iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilgan, shu sababli, Sharof Rahmonov mehmonlarni poytaxtdagi “Texnopark”ning ishi bilan tanishishga taklif qildi.

Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri tashrifi arafasida boʻlib oʻtgan ishchi uchrashuv doʻstona konstruktiv ruhda oʻtdi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.