Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaz Qarshi filiali Qozogʻistonning Taraz shahri kardioxirurgiya va transplantatsiya ilmiy amaliy markazi bilan memorandum imzoladi.

Memorandum doirasida qozogʻistonlik mutaxassislar bilan hamkorlikda 4 nafar bemorda yuqori-texnologik jarrohlik amaliyoti oʻtkazildi.

Buning uchun talab etiladigan mablagʻlar byudjet hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi tomonidan qoplab berildi.