Qozogʻiston bilan temir yoʻlda yuk tashish boʻyicha hamkorlik takomillashadi

    Transport 12 Oktabr 2022 1523

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatida “Qazaqstan temіr jolы” MK” AJ vakillari bilan muzokaralar boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda temir yoʻl transporti, xususan, yuk tashish sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

    Muzokaralar chogʻida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi davlatlararo tutash punktlarida yuk poyezdlarini qabul qilish/oʻtkazish boʻyicha jadallik va uzluksiz ishlarni tashkil etish, yuk poyezdlarini shakllantirish rejasi, yuk poyezdlarini tashish boʻyicha konteyner va tranzit tashishlarni tashkil etish kabi masalalar muhokamalarda oʻrin olgan.

    Shuningdek, uchrashuvda oldin qabul qilingan oʻzaro kelishuvlar doirasida joriy yil 9 oyi davomida ikki davlat yuk tashish faoliyati boʻyicha salmoqli natijalarga erishilgani alohida taʼkidlandi. Tomonlar yuk tashishlardagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishni davom ettirishga kelishib oldilar, deb xabar beradi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati.