Mahalliy aholi ekologik ofatni videoga olib, bu yerda o'tlayotgan chorva mollari uchun juda xavfli bo'lgani uchun chora ko'rishni so'ragan.
Ekologiya departamentining xabar berishicha, ular tuproq namunalarini olgan. OAV xabarlariga ko'ra, bu hududda tashlandiq quduq bor. Ehtimol, bu neftning to'kilishiga sabab bo'lgan. Ammo nima uchun bu sodir bo'lganligi hozircha noma'lum.
“Bu “Ontustik Baymenke” konidagi K-3 qudug'i”, deb bizga xabar berishdi. Shunday javob keldiki, hozir yer va quduq davlat mulki hisoblanadi. Yer qonunchiligiga ko'ra, hokimlik bu yerlarni tozalash va tiklashga majburdir”, — dedi KTK telekanaliga Atirau viloyati ekologiya boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Sirim Tlegenov.
Neft to'kilgan maydon taxminan 120 kvadrat metr hududni qamrab oladi, deb xabar beradi mir24.tv.