Uchrashuvda Oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.

Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, tibbiyot, taʼlim, transport va logistika sohalari boʻyicha yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining

Matbuot xizmati