21 Apr 2025
14:15

    Qozogʻiston hududida qiyin ahvolda qolgan vatandoshlarga amaliy yordam koʻrsatildi

    Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari saʼy-harakatlari bilan Qozogʻistonga muolaja olish maqsadida borgan uch nafar vatandoshimizning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari olib berildi.

    “Dunyo“ AAʻning xabar berishicha, yurtdoshlarimiz F.R. va F.A. va S.M. mahalliy ichki ishlar xodimlari tomonidan pasportlari noqonuniy tarzda olib qoʻyilgani boʻyicha murojaat qilgan.

    Oʻrganishlar davomida, shu yil 28-yanvar kuni mahalliy politsiya xodimlari hamyurtlarimiz turgan mehmonxonaga kelib, ularning pasportlarini olib qoʻygani va Qozogʻistondan chiqarib yuborish bilan tahdid qilgani maʼlum boʻldi.

    Olmaota viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mutasaddilari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida, politsiya xodimlarining xatti-harakatlari va talabi noqonuniy boʻlgani oʻz tasdigʻini topdi.

    Chunki, 2000-yil 7-iyuldagi Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi fuqarolarning oʻzaro sayohatlari toʻgʻrisidagi Shartnomaga muvofiq Oʻzbekiston fuqarolari Qozogʻiston hududida bir oy muddatgacha registratsiyasiz boʻlishi mumkin.

    Ushbu talabdan kelib chiqib, yuqorida nomlari keltirilgan yurtdoshlarimiz Qozogʻiston qonunchiligini buzmagan. Shu bois, hech qanday maʼmuriy javobgarliksiz ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarining qaytarilishi taʼminlandi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech