Qozog'iston hukumati iste'foga chiqdi

    Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev respublika hukumati iste'fosini qabul qildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.

    “Qozog'iston Respublikasi Konstitutsiyasining 70-moddasiga muvofiq qaror qilaman: Qozog'iston Respublikasi hukumati iste'fosi qabul qilinsin, Qozog'iston Respublikasi Bosh vaziri vazifasi vaqtincha Roman Vasilyevich Sklyarga yuklasin”, deyiladi xabarda.

    Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi a'zolariga hukumatning yangi tarkibi tasdiqlangunga qadar o'z vazifalarini bajarishni davom ettirish topshirildi, deb xabar beradi tass.ru.