Qozogʻiston nufusi 18 million 785 mingga yetdi

    Bu haqda Qozogʻiston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Statistika qoʻmitasi maʼlum qilishicha, joriy yil 1-sentyabr holatiga koʻra mamlakat aholisi soni 18 million 785 mingga yetgan.

    Ularning 11 million 066,2 ming nafari (58,9 foiz) shaharlarda, 7 million 718,8 ming aholi esa ovullarda (41,1 foiz) yashaydi.

    Qoʻmita maʼlumotiga koʻra, oʻtgan yilning 1-sentyabriga nisbatan aholi soni 237,5 ming kishiga yoki 1,3 foizga koʻpaygan. Eng katta oʻsish Olmaota (63,1 ming kishi), Nur-Sulton (50 ming kishi) va Chimkentda (31,8 ming kishi) kuzatilgan.