Qozogʻiston Oʻzbekiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda «zakon.kz» saytida xabar berildi.
“Davlat rahbari ”Qozogʻiston Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qozogʻiston Respublikasi qonunini imzoladi", — deyiladi Akorda xabarida.
Avvalroq, 25-aprel kuni Senat deputatlari Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilgan edi.
Tegishli bitim ikki davlat rahbarlari tomonidan 2022-yil 22-dekabr kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, tranzit-transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda, fuqaro mudofaasi va energetika sohalarida hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan boʻlib, xalqaro maydonda oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashni nazarda tutadi.
Shartnoma shartlariga muvofiq, tomonlar ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi. Shuningdek, xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va separatizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, noqonuniy savdo, shu jumladan, xavfsizlikka oid yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashish masalalarida tashqi siyosat, mudofaa va xavfsizlik sohalarida yaqindan hamkorlik qilishdan iboratdir.