Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida yuksak martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev, Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Darxan Satibaldi hamda boshqa rasmiylar kutib oldilar, deya xabar qiladi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.