Koʻrgazmada Aleksandr Nevgodaning shaxsiy kolleksiyasidagi 26 nafar oʻzbek rassomining 56 ta rasmlari, shuningdek, 9 ta turkman gilamlari va Qozogʻistondagi Global Nomads Fashion moda yosh dizaynerlari tanlovi gʻoliblarining asarlari namoyish etilmoqda.

Koʻrgazmaning ochilish marosimida Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Avstriya, Isroil, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Polsha, Tojikiston, Turkiya elchilari hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bolalar jamgʻarmasi (YUNISEF)ning Qozogʻistondagi vakolatxonasi rahbari ishtirok etdi.

ForteBank Aloqa ishlari boʻyicha direktori Yerkin Uderbay ushbu galereya poytaxt madaniy hayoti xaritasida muhim nuqtaga aylanganini alohida taʼkidladi.

- Bugun biz sizlarni Oʻzbekiston tasviriy sanʼati, Turkmanistonning milliy merosi va xalq amaliy sanʼati, yosh, ammo iqtidorli mahalliy dizaynerlarimizning ijod namunalari bilan tanishtirishdan behad mamnunmiz. Qoʻshnilarni tushunish, ular bilan muloqot qilish, jumladan, universal sanʼat tili orqali munosabat qurish juda muhim ahamiyatga ega, - dedi u.

Koʻrgazma 16-mayga qadar davom etadi.