Qozog'iston Prezidenti 7 yil muddatga saylanadi va poytaxt avvalgi nomi – Ostona shahriga qaytarildi

    Qozog'iston parlamenti deputatlari Konstitutsiyaga o'zgartirishlar kiritdi, unga ko'ra, Prezident 7 yil muddatga saylanadi, mamlakat poytaxti esa Ostona deb o'zgartiriladi.

    “Qozog'iston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi qonun loyihasida prezidentlik muddati yetti yil bo'lishi, keyinchalik yana qayta saylanish huquqi bo'lmasligi taklif etilmoqda.

    Deputatlar taklif qilganidek, Prezident vakolatini qayta saylanish imkoniyatisiz bir muddat bilan cheklash ushbu qonun loyihasi kuchga kirganidan keyin yetti yil muddatga Prezident etib saylangan shaxslarga nisbatan qo'llaniladi.

    Shuningdek, Konstitutsiyaning Prezident vakolat muddatiga oid qoidalarining o'zgarmasligini va uning qayta saylanishiga cheklovlarni belgilovchi o'zgartirish ham ko'zda tutilgan. Bu kelajakda Prezidentning vakolat muddatini oshirish imkoniyatini istisno qiladi. Shunday qilib, Prezidentlik mandatini qayta saylanish imkoniyatisiz bir muddatga cheklash to'g'risidagi qoida Konstitutsiyaning ajralmas qismiga aylanadi va kelajakda uni qayta ko'rib chiqish mumkin emas.