2-iyun kuni Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni qabul qildi, deya xabar bermoqda gazeta.uz sayti Qozogʻiston prezidenti matbuot xizmatiga tayanib.

Qasim-Jomart Toqayev ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holatiga ijobiy baho berib, dolzarb muammolar oldida yuqori barqarorlikni namoyish etilayotganini qayd etib oʻtdi.

“Biz birodar qoʻshni Oʻzbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz, buni Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlashning juda muhim omili deb bilamiz”, — dedi Qozogʻiston davlat rahbari.

Abdulla Aripov Qozogʻiston tomonidan yaqin yillarda oʻzaro savdo hajmini 10 mlrd dollarga yetkazish vazifasi qoʻyilganini qayd etib, mamlakatlar hukumatlari ushbu marralarni zabt etish yoʻlida qatʼiy qaror qilganliklarini taʼkidladi.

Uchrashuv yakunida Qozogʻiston prezidenti Oʻzbekiston bilan munosabatlarni rivojlantirish va doʻstlik rishtalarini mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni II darajali darajali “Doʻstik” ordeni bilan taqdirladi, deyiladi xabarda.