Sizning davlat rahbari sifatidagi bunyodkorona faoliyatingiz Oʻzbekistonning jadal rivojlanishi, uning xalqaro nufuzini mustahkamlash va fuqarolar farovonligini yuksaltirishning ishonchli poydevori boʻldi. Sizning oqilona va uzoqni koʻra biladigan rahbarligingiz ostida mamlakat keng koʻlamli islohotlar yoʻlidan dadil olgʻa bormoqda.
Sizning Qozogʻiston bilan yaxshi qoʻshnichilik va har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qatʼiy intilishingizni chin dildan qadrlayman. Mamlakatlarimiz oʻrtasida ikki qardosh xalqning boy tarixiy merosi, mushtarak madaniy qadriyatlariga tayangan ishonchli munosabatlar qaror topgan.
Ishonchim komil, birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz bilan ikki tomonlama hamkorlikda erishilgan yutuqlarni yanada koʻpaytiramiz hamda Qozogʻiston-Oʻzbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yangi marralarga olib chiqamiz.
Ushbu qutlugʻ kunda Sizga, muhtaram Shavkat Miromonovich, mustahkam sogʻlik, bitmas-tuganmas kuch-gʻayrat, oilaviy baxt-saodat, qardosh oʻzbek xalqi farovonligi yoʻlidagi masʼuliyatli davlatchilik faoliyatingizda yangi zafarlar tilayman.
Samimiy hurmat bilan,
Qasim-Jomart Toqayev,
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti









