Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev Shavkat Mirziyoevga ezgu tilaklarini yo'lladi

    Hukumat 24 Iyul 2024 239

    Hurmatli Shavkat Miromonovich!

    Tavallud kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz!

    Sizning bunyodkorona siyosatingiz va oqilona rahbarligingiz tufayli bugun Siz xalqingizning umume'tirof etilgan etakchisi bo'lib, xalqaro hamjamiyatda haqli ravishda katta obro'-e'tiborga egasiz.

    Ishonchim komil, Sizning strategik yo'lingizga qat'iy amal qilib, muhim tashabbus va islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirib, qardosh o'zbek xalqi farovon Yangi O'zbekistonni barpo etishda Siz qo'ygan yuksak maqsadlarga erishadi.

    Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va ko'p qirrali hamkorlikni mustahkamlashga qo'shayotgan ulkan shaxsiy hissangizni yuksak qadrlayman.

    Qozog'iston-O'zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama mustahkamlashga qat'iy intilishimni tasdiqlar ekanman, Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, bitmas-tuganmas kuch-g'ayrat, oilaviy farovonlik va qardosh O'zbekiston ravnaqi yo'lidagi mas'uliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.


    Hurmat bilan,


    Qasim-Jomart Toqaev,

    Qozog'iston Respublikasi Prezidenti