баннер
27 Apr 2025
10:25

    Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Samarqandga keldi

    Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ham “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga yetib keldi.

    Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

    Shundan soʻng, Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti tashrif dasturiga muvofiq navbatdagi manzilga joʻnab ketdi.

    Mazkur sammit kun tartibiga muvofiq, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari koʻrib chiqiladi.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech