Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti SHHT sammitiga keldi

    Xalqaro hamkorlik 15 Sentabr 2022 3791

    Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun 15-sentabr kuni mamlakatimizga keldi.

    Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

    So‘ng Qozog‘iston Prezidenti Hazrati Xizr majmuasida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qo‘ydi.