Qozog‘iston Respublikasining davlat va jamoat arboblaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

    O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro hurmat va ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarish, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni amaliy ma’no-mazmun hamda muhim tashabbuslar bilan boyitish, ustuvor yo‘nalishlardagi aloqalarni kengaytirish va har tomonlama rivojlantirish, qo‘shma loyihalarni faol ilgari surishga qo‘shgan shaxsiy hissasi, shuningdek, mamlakatlarimiz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi va hamjihatligini yanada mustahkamlash yo‘lidagi ulkan xizmatlari uchun quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin:

    Karin Yerlan Tinimbayuli - Qozog‘iston Respublikasining Davlat maslahatchisi

    Jeldibay Ruslan Sultanuli - Qozog‘iston Respublikasi Prezidentining ichki siyosat va kommunikatsiya masalalari bo‘yicha yordamchisi

    Jumangarin Serik Makashevich - Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari

    Balayeva Aida Galimovna - Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va axborot vaziri

    Atamkulov Beybut Bakirovich - Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi

    Xashimjanov Ikram Akramovich - Qozog‘iston Respublikasi O‘zbeklar etnomadaniy birlashmalari uyushmasi raisi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Sh.Mirziyoyev