“Men ushbu xavfli virusga qarshi kurashda koʻrsatilayotgan tibbiy yordam uchun Rossiya tomoniga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Qiyin paytlarda biz strategik ittifoqchimiz va sherigimizning qoʻllab-quvvatlashini his qilamiz”, — dedi elchi.

“COVID-19” ga qarshi kurashning dastlabki oylarida Rospotrebnadzor Qozogʻiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga koronavirusni aniqlash uchun 2 mingta sinovni, shuningdek, “RIBO-prep” klinik materialidan RNK/DNKni izolyatsiya qilish uchun reaktivlar toʻplamini 30 ming tadqiqot oʻtkazish uchun kerak boʻlgan miqdorda yuborganini taʼkidladi elchi.

Uning taʼkidlashicha, yangi sharoitda, eng yaqin qoʻshnilar va ittifoqchilar sifatida Qozogʻiston va Rossiya nafaqat umumiy tahdidga qarshi turishadi, balki koronavirusning salbiy oqibatlariga qarshi samarali kurashni tashkil etish imkoniyatiga yega.

“Bizning Qozogʻiston va Rossiya fuqarolarini Qozogʻiston va Rossiya samolyotlari tomonidan noqulay epidemiologik sharoitga ega mamlakatlardan evakuatsiya qilish va sogʻliqni saqlash borasidagi yaqindan hamkorligimiz, ayniqsa, muhimdir”, — dedi elchi.