Qozog'iston: suv toshqini tufayli davlat mablag'larini tejash rejimi joriy etilib, ular jabr ko'rganlarga yo'naltiriladi

    Katta miqyosdagi suv toshqini munosabati bilan Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat mablag'larini tejash rejimini joriy etish va ularni tabiiy ofatdan jabr ko'rganlarga yordam berishga yo'naltirishga qaror qildi.

    Bu haqda mamlakat rahbarining Qo'stanay viloyati aholisi bilan uchrashuvi yakunlari bo'yicha davlat rahbari matbuot xizmati ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.

    “Prezident davlat mablag'larini fuqarolarga yo'naltirish uchun tejamkorlik rejimini joriy etish to'g'risida qaror qabul qilganini ma'lum qildi, shuningdek, barcha jabrlanganlarga zarur yordam ko'rsatilishiga ishontirdi”, deyiladi xabarda.