Unga ko'ra, yirik suv toshqini tufayli Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish va ularga yordam ko'rsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash va jabrlangan fuqarolarga yordam ko'rsatish maqsadida yirik tadbirlardan voz kechish to'g'risida buyruq bergan.
Fevral oyida Qasim-Jomart Toqayev Qozondagi “Kelajak o'yinlari”ga tashrifi chog'ida, ko'p sport turlari bo'yicha navbatdagi turnir Qozog'istonda o'tkazilishini ma'lum qilgan edi.
“Kelajak o'yinlari”, bu – an'anaviy sport turlarini kompyuter o'yinlari bilan uyg'unlashtirishni o'z ichiga olgan yangi formatdagi sport shousi. Jahon sporti tarixida bunday musobaqa ilk bor Qozon shahrida 21-fevraldan 3-martgacha o'tkazildi va unda 100 mingdan ortiq tomoshabin qatnashdi. Unda 107 mamlakatdan 275 ta jamoa va 2 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi, deb xabar beradi tass.ru.