Kazinform surati

Mamlakat bo‘ylab yuzta maktabgacha ta’lim tashkiloti, jumladan, 62 ta davlat va 38 ta xususiy bog‘cha ishtirok etadi. Dastur 4 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan, deb xabar beradi Kazinform.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad - bolalarni mehnatga jalb etish, mehnatsevarlik, mas'uliyat, qat'iyat kabi fazilatlarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri mehnatga, turli kasb vakillariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni tarbiyalashdir.

Loyiha mazmuni bolalarning yosh xususiyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Kundalik o‘yin va amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilar turli kasblarni o‘rganadilar va asosiy mehnat ko‘nikmalarini egallaydilar.

Ushbu loyiha bolalarning mehnatga qiziqishini oshiradi, jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiradi va kelajakda ongli kasb tanlash yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lib xizmat qiladi.