Qozog'iston: Yashin urishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

    Qozog'istonda kuzatilayotgan yog'ingarchilik oqibatida shu yilning 25-iyun kuni o'zbekiston fuqarosi chaqmoq urishidan vafot etdi.

    Bu haqda Tengrinews.kz “AkJaiyk” ga tayanib xabar berdi.

    Qayd etilishicha, yashin urishidan avval uyda odam bo'lgan. Chaqmoq urishi oqibatidla yuzaga kelgan yong'in Mahalliy yong'in xavfsizlik bo'linmasi tomonidan chaqmoq urishi sabab yuzaga kelgan yong'in bartaraf etilgan.

    Ma'lumotlarga qaraganda, vafot etgan shaxs shu yilning 28-may kuni “Beyneu” chegara posti orqali Qozog'istonga kirib kelgani va Miyali qishlog'ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro'yxatga olingani aniqlangan.

    Hodisa oqibatda halok bo'lgan shaxs sud-tibbiy ekspertizasini o'tkazish uchun tuman shifoxonasi o'likxonasiga yuborildi.