“KazAvtoJol” milliy yo'l operatori avtohalokatga haydovchilarning kuchli qor bo'roni va muzlama sharoitida belgilangan tezlikka rioya qilmagani va xavfsiz darajada oraliq masofani saqlamagani sabab bo'lganini ma'lum qildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 95 ta mashina to'qnashgan.
Voqea joyida politsiya va favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Hozirda majaqlangan avtomobillar evakuatsiya qilinib, magistralning bir qatori ochildi, deb xabar beradi smartpress.by.