Qozog'istonda 26 ta avtomashina ishtirokida yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi

    Qozogʻistonda noqulay ob-havo baxtiz hodisaga sabab boʻldi. Jambil viloyatida Gʻarbiy Yevropa – Gʻarbiy Xitoy avtomobil yoʻlida 26 ta avtomobil toʻqnashib ketdi. Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, ushbu baxtsiz hodisa tufayli vafot etganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq.

    Qurbonlar yoʻq, biroq bir necha kishi kasalxonaga yotqizilgan, baʼzilarining ahvoli ogʻir. Yoʻl- transport hodisasida 10 dan ortiq yengil avtomobil, toʻrtta yoʻlovchi avtobusi va shuncha yuk mashinasi ishtirok etgan.

    Haydovchilar sinoptiklarning ogohlantirishlariga eʼtibor bermay, yoʻlga chiqishgan. Hududda qor boʻroni yuz berib, muzlamalar hosil boʻlgan, shuningdek, avtomobil yoʻllarida koʻrish yomonlashgan.

    54 kishi isinish markazlariga yotqizildi, ulardan 9 nafari bolalar. Voqea joyida politsiya xodimlari ishlamoqda. Voqea tafsilotlariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.

    Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulligi maʼlumotiga koʻra, ushbu baxtsiz hodisa tufayli vafot etganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻq.

    Vaziyat Bosh konsullik nazorati ostida. Bosh konsullik xodimlari yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan joyga yetib borgan.