Meteorologlarning ma'lumotlariga ko'ra, Arktika antitsikloni Qozog'istonning shimoliy, sharqiy, janubi-sharqiy va markaziy qismida sovuq havoni saqlab qolishda davom etmoqda. Biroq janubiy siklon bilan mamlakatning g'arbiy, shimoli-g'arbiy, janubiy va janubi-sharqiy qismida qor yog'ishi kutilmoqda, tog'li hududlarda kuchli qor yog'ishi, shuningdek, respublikaning janubi-sharqida sovuqning asta-sekin zaiflashishi yuz beradi, deb xabar beradi tengrinews.kz.
G'arbda havo harorati pasayadi: kechasi 10-25 daraja, kunduzi 5-15 daraja sovuq, respublikaning shimoliy va markaziy hududlarida havo harorati kechasi 28-38 daraja, kunduzi 15-23 daraja sovuq bo'ladi, sharqiy hududlarda kechasi 32-45 daraja, kunduzi 20-32 daraja sovuq bo'lishi kutilmoqda, respublikaning janubi-sharqida kechasi 15-25 daraja, kunduzi esa 0-13 daraja sovuq harorat qayd etiladi”, deyiladi xabarda.