Qozogʻistonda atom elektr stansiyasi quriladi

    Qozogʻistonda atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha shu yili kuzda referendum oʻtkaziladi.

    Qayd etilishicha, Qozogʻiston shu yil kuz faslida atom elektr stansiyasi qurishni rejalashtirmoqda.

    Bu haqda Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev ommaviy axborot vositalari xodimlarini taqdirlash marosimida maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, loyiha xalq ovozi bilan amalga oshiriladi.

    — Mamlakatda atom energetikasini rivojlantirish uchun katta imkoniyat mavjud. Bu masala boʻyicha yakuniy qarorni xalq qabul qiladi. Referendum shu yilning kuzida boʻlib oʻtadi. Aniq sana hukumat tomonidan belgilangach, maʼlum qilinadi, – dedi Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev.

    Shuningdek, davlat rahbari bu boradagi ishlar keng muhokama etilayotganini aytdi.