Ushbu xalqaro sayyohlik anjumanida dunyoning 18 mamlakatidan, jumladan, Ozarbayjon, Belarus, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Indoneziya, Italiya, Ispaniya, Qozogʻiston, Malayziya, Birlashgan Arab Amirliklari, Polsha, Sloveniya, Tailand, Turkiya, Oʻzbekiston, Koreya Respublikasi, Yaponiyadan 200 dan ortiq kompaniya oʻz ekspozitsiyasi bilan ishtirok etdi.

Oʻzbekiston stendi bilan 5 ming kishi tanishdi. Ularning aksariyati sayyohlik sohasida oʻzbekistonlik sheriklar bilan oʻzaro hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish va mavjud aloqalarni rivojlantirish imkoniyatlari bilan qiziqishdi. Muzokaralar yakunlari boʻyicha turli yoʻnalishlarni qamrab olgan xalqaro shartnoma va bitimlarning katta toʻplami imzolandi.

Eslatib oʻtamiz: mazkur Qozogʻiston xalqaro sayyohlik koʻrgazmasi 2000-yildan buyon oʻtkazib kelinadi.