Qozogʻistonda boʻlib turgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi: zarurat boʻlmasa, uzoq yoʻlga chiqmang!

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozogʻiston Respublikasida boʻlib turgan va tranzit yoʻnalishida harakatlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqdi.

    Maʼlum qilinishicha, soʻnggi kunlarda Qozogʻiston Respublikasining hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yoʻllarda harakatlanish bilan bogʻliq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

    Shuningdek, yaqin haftalar davomida ham sovuq havo harorati saqlanib qolishi sababli Respublika darajasidagi avtoyoʻllarda harakatlanish cheklangan.

    “Shu munosabat bilan, ushbu davlatda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolaridan yoʻllarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat boʻlmaganda uzoq masofali yoʻllarda transport vositalarida harakatlanmaslikni soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.