Qozog'istonda bo'ron oqibatida bir kishi halok bo'ldi, 16 kishi jarohatlandi

    Qozog'istonda bo'ron oqibatida jabrlanganlar soni 16 kishiga yetdi, ulardan 3 nafari bola. Bu haqda Qozog'istonning Pavlodar viloyati hokimligi xabarida aytilgan.

    “Bitta holat o'lim bilan yakunlandi – Oqsuv shahrida 1968-yilda tug'ilgan fuqaro hayotdan ko'z yumdi”, deyiladi hokimlik xabarida.

    Ta'kidlanishicha, shamol tezligi soniyasiga 43 metrga yetgan. Tabiiy ofat infratuzilmaga katta zarar yetkazgan, elektr ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgan, aholi o'rtasida jarohatlanish holatlari qayd etilgan. Viloyat markazida 47 ta, jumladan, oltita ijtimoiy muassasaning tom qismi shikastlangan, deb xabar beradi report.az.