Qozogʻistonda elektron sigaretalar (veyplar) rasman taqiqlanmoqda

    Qozogʻistonda elektron sigaretalarni mamlakatga olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi.

    Xabarlarga koʻra, Qozogʻistonda elektron sigaretalar (veyplar) va aromatizatorlarni sotish, olib kirish va ishlab chiqarishni taqiqlovchi yangilangan qonun kuchga kirdi. Bu haqda EL.KZ xabar berdi.

    Mamlakatda taqiqlangan joylarda elektron sigaretalarni isteʼmol qilganlik uchun 11 076 tenge gacha jarima qoʻllaniladi. Taqiqlangan mahsulotlarni sotish uchun esa 738 400 tenge gacha jarima yoki 50 sutkagacha qamoq jazosi qoʻllaniladi.

    Elektron sigaretalarni olib kirish va ishlab chiqarish qoidalarini buzish 7,3 million tenge muntazam ravishda buzganlik uchun esa besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan 18,4 million tengegacha jarima solishga belgilandi.

    Qonun, shuningdek, chekilmaydigan tamaki mahsulotlari, veyplar, aromatizatorlar va ular uchun suyuqliklarni reklama qilishni taqiqlaydi. Ushbu qonun matbuotda rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab 60 kun oʻtgach kuchga kiradi.