Qozogʻistonda erkak tok urishi oqibatida vafot etdi

    Hodisa 31-dekabr kuni Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatidagi K.Nokin qishlogʻida sodir boʻlgan.

    Qayd etilishicha, Qozogʻistonlik 38 yoshli erkak elektr toki yoʻqligining sababini tekshirish uchun transformator punktiga borgan va tok urishi oqibatida vafot etgan. Shundan soʻng qisqa tutashuv oqibatida transformator punktida yongʻin kelib chiqqan.

    Aqtoʻbe viloyati politsiya departamentiga koʻra, holat boʻyicha sudgacha tergov harakatlari boshlangan. Dastlabki oʻlim sababi — elektr toki urishi deb taxmin qilinmoqda.