Qayd etilishicha, Ostona—Qaragʻanda—Olmaota avtomobil yoʻlining 960-kilometrida avtobusning motor qismida yongʻin chiqqan. Oʻt oʻchirish xizmati yetib kelgunga qadar dvigatel boʻlinmasidagi yongʻin oʻchirilgan. Qutqaruvchilar avtobusdagi 30 dan ortiq odamni evakuatsiya qilgan.
Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari natijasida barcha yoʻlovchilar evakuatsiya qilinib, yoʻlboʻyi kempingiga olib kelindi va ularga zarur yordam koʻrsatildi, — deyiladi xabarda.
Avtobusda jami 34 yoʻlovchi, jumladan, 9 nafar bola boʻlgan. Yoʻlovchilar orasida 5 nafar Oʻzbekiston fuqarosi borligi aniqlangan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.