Qozog'istonda ishsizlar soni 5 foiz ortdi

    ular ishsizlar emas, vaqtincha ish bilan band bo'lmaganlar ekanini aytilgan

    Qozog'iston Milliy statistika byurosiga ko'ra, 2020 yilda mamlakatda ishsizlik darajasi bor-yo'g'i 0,1 punktga oshib, 4,9 foizni tashkil etgan. Aniq raqamlarda ifodalanganda, o'tgan yilda mamlakatda ishsizlar soni 8,2 ming nafarga ko'paygan.

    Mamlakatda ishsizlar sonining ko'payishiga koronavirus pandemiyasi tufayli korxonalar murakkab vaziyat tufayli ko'rgan majburiy choralar sabab bo'lgani ma'lum qilingan. Shu sababli, ishsizlar emas, vaqtincha ish bilan band bo'lmaganlar soni ko'paygani aytilgan.

    Byuro xabarida aytilishicha, 2020 yilning oxirida mamlakat iqtisodiyoti tiklanishni boshlashi ortidan ish o'rinlari ochish va yollanma ishchilarni jalb qilish miqdori 2019 yilga nisbatan 5 ming kishiga ko'paygan.