Qozogʻistonda konda halok boʻlganlar 46 kishiga yetdi

    29 kishining jasadi yer yuzasiga chiqarildi.

    Qozogʻistonning Qaragʻanda viloyatidagi Kostenko konida sodir boʻlgan avariya natijasida halok boʻlganlar 46 kishiga yetdi. Avvalroq 35 qurbon haqida xabar berilgan edi. 29 kishining jasadi yer yuzasiga chiqarildi. Yana bir konchini qidirish davom etmoqda. Favqulodda qutqaruv ishlariga 10 ta kon-qutqaruv guruhi jalb etilgan.

    28-oktyabrga oʻtar kechasi konda metan portlashi sodir boʻldi. Voqea sodir boʻlgan paytda konda 252 kishi boʻlgan, 205 konchi mustaqil ravishda yer yuzasiga koʻtarilgan. Qozogʻiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Sirim Sharipxonovning aytishicha, qolgan odamlarni topish imkoniyati juda kichik, ammo qutqaruvchilar hamon bunga umid qilmoqda.