Qozogʻistonda LinkedIn ijtimoiy tarmogʻi yopib qoʻyildi

    Qozogʻiston Axborot va ijtimoiy rivojlanish vazirligini vakilining taʼkidlashicha, LinkedIn mamlakat qonunchiligini buzgan: internet kazinolar reklamasi bilan shugʻullangan va bu ishga aloqasi boʻlmagan odamlar nomidan yolgʻon akkauntlar tashkil etgan, deya xabar beradi INTERFAX.RU.

    Xabarda taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoq bu harakati bilan oʻz qoidalariga ham zid ish qilgan. Vazirlik vakili ijtimoiy tarmoq xatolarini tuzatsa, bloklanish olib tashlanishini maʼlum qildi.

    LinkedIn 500 million foydalanuvchiga ega. U dunyoning 24 tilida xabarlar tarqatadi.