Qozog'istonda Milliy do'mbra kuni nishonlanadi

    Madaniyat 5 Iyul 2020 2945

    Qozog'istonda milliy do'mbra kuni nishonlanadi,  deb xabar beradi  Tengrinews.kz.

    Prezident Toqaev san'atkorlarga qozoq milliy musiqasini ommalashtirayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

    2018 yilda Birinchi Prezident Nursulton Nazarboev iyul` oyining ilk yakshanbasini Milliy Do'mbra kuni deb belgilashga qaror qildi. Bayram jamiyatni milliy madaniyat g'oyasi atrofida birlashtirish maqsadida tashkil etilgan. elboshi do'mbraning musiqasini maxsus musiqa, asbobning o'zini esa "qozoq qalbi" deb atadi.

    "Kechqurun torlarni cherta boshlaysiz, keyin hamma narsa bir zum unutiladi, ba'zi xotiralar esga tushadi. SHuning uchun do'mbra ovozi menga juda yoqadi. Men do'mbrani yaxshi chaladiganlarni qadrlayman. Bizning qozoq xalq qo'shiqlari - juda hayajonli, doimo falsafiy mazmunga ega, hamma vaqt ham shunchaki oddiy bo'lavermaydi. Qozoq qo'shig'ida musiqani emas, balki so'zlarni tinglash kerak. So'zlar juda katta ma'no kasb etadi", dedi Nazarboev.

    "Do'mbra - bu qozoq pasporti va brendi, betakror qiyofasining bir bo'lagidir. Qadimdan do'mbra quvonch va g'alabalarda bizga oshno bo'lib kelgan. Torlarning ohanglari orqali avloddan avlodga madaniy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, qahramonlik haqidagi afsonalarimiz o'tib kelgan. Do'mbrani sharafli joylarda saqlashgan. Kuychilar eng sharafli mehmonlar sanalib, ularga izzat-ikrom ko'rsatilgan. Ushbu xayrli ish ayni kunga qadar davom etmoqda. Do'mbra va unda ijro etiladigan kuylar YUNESKO tomonidan insoniyatning nomoddiy merosi ro'yxatiga kiritilgan. Do'mbraga bo'lgan hurmat hech qachon yo'qolmaydi, dedi Qozog'istonning Birinchi Prezidenti.