Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali qad rostladi

    Qozog‘istonning Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.

    2022-yilning 22-dekabr kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatilishi ma’lum qilingan edi.

    Xabarda ta’kidlanishicha, balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi.

    Ma’lumot o‘rnida: bugunga qadar buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori-Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.