Viloyat ichki ishlar boshqarmasining xabar berishicha, voqea 13-sentabr kuni Qo'stanay va Fedorovskiy tumanlari chegarasida yuz bergan.
“Haydovchi yo'l ta'mirlash uchun asfalt olib kelgan va yukni tushirgach, yukxonani tushirishni unutib qo'ygan va harakatlanayotgan paytida yukxona yo'ldagi to'singa tiralib, oqibatda yuk mashinasining oldi qismi tepaga ko'tarilib qolgan. To'sin esa qiyshayib qolgan.
Mazkur holat yuzasidan haydovchiga nisbatan Qozog'iston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 610-moddasi “Transport vositalari haydovchilari tomonidan odamlarning sog'lig'iga, transport vositalari yoki boshqa mol-mulkka zarar yetkazilishiga sabab bo'lgan yo'l harakati qoidalarini buzishi” bo'yicha ma'muriy bayonnoma tuzildi”. Yakuniy protsessual qarorni sud chiqaradi”, — deyiladi viloyat IIB xabarida.
Politsiya haydovchining jabrlanmaganligini ham qayd etdi, deb xabar beradi tengrinews.kz.