Qozog'istonda nosvoy sotganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda

    Qozog'istonda nosvoy sotuvchilar Jinoyat kodeksiga muvofiq jazolanadi.

    Qozog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ma'muriy politsiya qo'mitasining profilaktika ishlari bo'limi boshlig'i Ruslan Karjaspekovning so'zlariga ko'ra, qonun loyihasi allaqachon Senatda ko'rib chiqilmoqda.

    Hozirda nosvoy sotish Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeks (196-modda “Tovar yoki boshqa buyumlar bilan noqonuniy savdo qilish”) bo'yicha jazolanadi. Jazo sifatida 92 300 tenge miqdorida jarima qo'llanilmoqda, deb xabar beradi forbes.kz.

    – Hozirda Senatda Sog'liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasi ko'rib chiqilmoqda. Unda nosvoy va veypni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan, – dedi Ruslan Karjaspekov.