Joriy yilning 13-may kuni mahalliy aholi tomonidan Oʻzbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilingan. Fuqaro Bosh konsulxona tomonidan shoshilinch shifoxonaga joylashtirilgan.

Fuqaro salomatligi barqarorlashgani sababli Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tibbiy xodim kuzatuvida reanomobilda Oʻzbekistonga olib kelindi.